Qayd etilişiça, dastlabki bosqiçda mitinglar tinç ötgan, 4-5 yanvar kunlari zöravonlik holatlari kuzatila boşlangan.

«Dastlabki bosqiçda mitinglar tinç ötdi. Namoyişçilarning siyosati yöq edi, ular ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi talablarni ilgari surdi. Barça yiğilişlar dastlab tinç edi, lekin tez orada nazoratdan çiqib ketdi. Hokimlar, deputatlar jamoat tartibini buzmaslik talabi bilan köp marotaba xalq oldiga çiqişgan», dedi Qozoğiston boş prokurori Berik Asilov.

Uning ma’lum qilişiça, 4-5 yanvar kunlari 11 ta viloyatda zöravonlik holatlari kuzatila boşlangan.

«4-5 yanvar kunlari 11 viloyatda zöravonlik bosqiçi boşlandi. Taşkilotçilar aniq reja asosida harakat qildi. Hammasi WhatsApp va Telegram orqali muvofiqlaştirildi. Guruhlarning bir qismi dökonlarni vayron qilib, talon-toroj qila boşladi. Boşqa qurolli guruhlar hokimliklar, MXQ, politsiya, Prezident qarorgohi va boşqa binolarni egallab oldi. Ular kordondan qanday ötişni bilgan», dedi boş prokuror.

Berik Asilovga köra, aksiyalarning pirovard maqsadi hokimiyatni zöravonlik bilan egallab oliş bölgan.

«Milliy xavfsizlik qömitasi davlatga xiyonat va hokimiyatni egallab olişga uriniş böyiça 15 ta iş oçgan. Yanvar voqealaridan keyin 3 777 ta jinoyat işi qözğatilgan.

Yanvar voqealari oqibatida 230 kişi halok bölgan, ulardan 19 nafari harbiylar va xavfsizlik xodimlaridir», dedi mamlakat boş prokurori.