Boş prokuratura huzuridagi departamentning xabar berişiça, departamentning Qumqörğon tuman bölimi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.

Tekşiruvda, “Mikrokreditbank” ATB Qumqörğon filiali sobiq xodimi Ş.A. “S.M.” MÇJ rahbari M. tomonidan jinoyat işi böyiça yetkazilgan zararni qoplaş uçun topşirilgan 86,7 million sömning 56,7 million sömini kirim qilib, qolgan 30 million sömni tadbirkorga qalbaki kvitansiya taqdim etib, özlaştirib yuborgani ma’lum bölgan.

Bundan taşqari, fuqaro B.ning nomiga imtiyozli kredit ajratişga erişib, 24,5 million söm kredit mablağini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.