Boşlovçi Yekaterina Andreyeva boş vazir Mixail Mişustinning xalqaro sanksiyalar oqibatlarini yumşatiş rejalari böyiça gapirayotgandi, uning ortida esa kutilmaganda NOWAR (uruşga yöq) yozuvi tuşirilgan plakat bilan Ovsyannikova paydo böldi.

Plakatda ingliz va rus tillarida «Uruşga yöq. Uruşni töxtating. Propagandaga işonmang. Bu yerda sizni aldaşmoqda. Rossiyaliklar uruşga qarşi» deb yozilgandi va dasturning keyingi qismiga ötilgunga qadar Ovsyannikova «Uruşni töxtating! Uruşga yöq!» degan sözlarni bir neça bor takrorlaşga ulgurdi.

TASS xabariga köra, Ovsyannikovani qölga olişgan, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 20.3.3 moddasi böyiça (Rossiya qurolli kuçlarini obrösizlantirganlik uçun) protokol tuzilgan, Birinçi kanal esa «jonli efir çoğida kadrda begona odam paydo bölişi» bilan boğliq vaziyat yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazişni boşlagan.

Keyinroq «OVD-Info» Marina Ovsyannikova «Vremya» dasturida uruşga qarşi plakat bilan çiqişidan oldin yozgan videomurojaatni tarqatdi.

«Hozirda Ukrainada bölayotgan voqealar - bu jinoyat. Rossiya - bosqinçi mamlakat. Va bu jinoyat uçun mas’uliyat faqat bir kişining vijdoniga havola. Bu odam - Vladimir Putin», - degan u.

Ovsyannikova uning otasi ukrain, onasi esa rusligini aytib, «ular heç qaçon bir-biriga duşman bölmagani»ni ta’kidlaydi.

Marina sönggi yillarda Birinçi kanalda işlab, Kreml propagandasi bilan şuğullanganini afsus bilan tan oladi va endi bundan qattiq uyatda ekanini aytadi: «Televizor ekranidan yolğon gapirilişiga yöl qöyganim uçun uyatdaman. Rus kişilarini zombilaştirişga yöl qöyganim uçun uyatdaman».

U ruslarni uruşga qarşi mitinglarga çorlagan.

«Biz barçasi endi boşlangan 2014 yilda jim turdik. Biz Kreml Navalniyni zaharlaganida mitinglarga çiqmadik. Biz bu aksilinsoniy rejimga indamay qarab turdik. Endi esa butun dunyo bizdan yuz ögirdi. Va bizning önlab avlodlarimiz bu birodarkuşlik uruşi şarmandaligini yuva olmaydi», degan u.

U bu aqlsizlikni töxtatiş faqat odamlarning qölida ekanini ta’kidlagan.

«Mitinglarga çiqing, heç narsadan qörqmang, ular barçani qamay olmaydi!» - deya murojaatini yakunlagan u.