Buxoro viloyatidagi “Vardonze qörğoni” arxeologiya yodgorligi hududiga zarar yetkazilayotgani böyiça kelib tuşgan murojaat Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Milliy arxeologiya markazi, Madaniy meros agentligi va boşqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda örganib çiqildi.

Agentlik axborot xizmatining ma’lum qilişiça, örganiş jarayonida Buxoro viloyati Şofirkon tumanidagi “Töymurod Xolmurod öğli” fermer xöjaligi rahbari A.Q. tegişli idoralarning xulosalarini olmasdan obektning muhofaza hududini oğir texnika yordamida surib, yer qaziş, yer tuziş, ekin ekiş va melioratsiya işlarini amalga oşirgani aniqlangan. Jumladan, tadbirkor ariq qazib, fermer xöjaligi yer maydonini arxeologiya obekti muhofaza maydoni hisobidan kengaytirgan.

Foto: Madaniy meros agentligi

Bu esa obektning Rabod qismi madaniy qatlami yöqotilişi, hududdagi saksovul daraxtlarining nobud bölişi hamda yer qarida saqlanib kelayotgan qadimgi tarixiy topilmalarning yöqotilişiga sabab bölgan.

“Hujjatlarga köra, obektning yer maydoni va muhofaza hududi tuman hokimligining 2013 yildagi qaroriga asosan 124 gektarni taşkil etgan. Ammo 2015 yilda hokimlik qonunçilikka zid ravişda, tegişli idoralarning xulosalarisiz obekt hududini 76 gektar etib belgilagan.

Şuningdek, qisqartirilgan yer maydoni fermer xöjaligiga yaylov sifatida foydalaniş uçun berilgan, biroq amalda fermer uni ekin maydoniga aylantirib yuborgan”, – deyiladi agentlik bayonotida.

Örganiş yakunida arxeologiya yodgorligining Rabod qismi yer maydonining 1 ming 800 kvadrat metr qismiga şikast yetkazilişi oqibatida davlat manfaatlariga 26 milliard 730 million sömlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Töplangan hujjatlar asosida holat yuzasidan Boş prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 132-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda jinoyat işi dastlabki tergov harakatlarini olib boriş uçun Buxoro viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Foto: Madaniy meros agentligi