Rossiya va Ukraina delegatsiyalari 15 punktdan iborat tinçlik kelişuvi ustida işlamoqda. Bu haqda muzokaralarga aloqador bölgan uçta manbaga asoslanib, The Financial Times gazetasi xabar tarqatdi.

Naşr ma’lumotiga köra, tomonlar muzokaralarda «jiddiy yutuqlar»ga erişişgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, kelişuv Ukraina NATOga a’zo bölib kiriş rejasidan voz keçişi, şuningdek qurolli kuçlarini qisqartirişga, öz hududida xorijiy bazalar va qurollarni joylaştirmaslikka rozi bölişini nazarda tutadi. 

Bunga javoban Rossiya qöşinlarini olib ketadi, şu bilan birga Kiyev öz ittifoqçilari - AQŞ, Buyuk Britaniya va Turkiya tomonidan xavfsizlik kafolati bilan ta’minlanişi mumkin.

Manbalar, kelişuvning dastlabki varianti Ukrainada rus tilini himoya qilişni ham öz içiga olişini aytişgan. Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Mixail Podolyak FT muxbiri bilan suhbatda, til masalalari boşqa gumanitar muammolar qatorida «faqat Ukraina manfaatlari prizmasida muhokama qilinişi»ni aytgan.

Podolyakning sözlariga köra, Rossiya bilan kelişuv rossiyalik harbiylar 24 fevral kungi bosqindan keyin egallangan hududlardan ketişini ham kafolatlaşi kerak. Uning sözlaridan Qrim, DXR va LXR masalalari alohida muhokama etilişini tuşuniş mumkin.

FT naşri maqolani e’lon qilganidan keyin Podolyak uşbu materialning Rossiya tomoni qoralamasi asosida tayyorlanganini aytgan.

«Mazkur bosqiçda tasdiqlaşimiz mumkin bölgan yagona harakat bu — öt oçişni töxtatiş, rus qöşinlarining mamlakatdan çiqib ketişi va bir qator davlatlar tomonidan Ukraina xavfsizligining kafolatlanişi masalalari böladi», degan u.

  • Çorşanba kuni Moskva ham, Kiyev ham kelişuv böyiça progress kuzatilayotgani haqida ma’lum qilgan bölsa-da, Ukrainadagi rasmiylar Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinçlikka rozi ekaniga işonişmayapti va Moskva kuçlarni qayta töplaş va bosqinni davom ettiriş uçun vaqtdan yutmoqçi bölayotganidan xavotirlanmoqda.