Isroil va Hamas 15 oylik uruşdan keyin sulh tuziş, garovdagi isroilliklarni falastinlik mahbuslarga almaşiş hamda isroillik harbiylarni Ğazo sektoridan olib çiqiş böyiça kelişuvga erişdi. Kelişuv hali kuçga kirmagan bölsa-da, bu uruşning yakuni bölmasa ham, heç bölmaganda asosiy faza yakuni sifatida körilmoqda. «Meduza» jurnalist Marianna Belenkayadan kelişuv böyiça dastlabki yakunlarni sarhisob qilişni söradi.

— Kim ğolib?

— Murakkab savol, çunki uruş hali yakunlanmadi. Va biz u qaçon tugaşini ham bilmaymiz. Ammo bu raundda, menimça, Hamas ğolib bölmoqda. Kamida u asablar jangida ğolib keldi. Aslida, Hamasning yöqotadigan narsasi yöq, Isroilda esa bor.

— Bu yerda asimmetriya bor: Isroil ğalaba qilişi uçun uruşning belgilangan maqsadlariga erişişi lozim, Hamasdan esa şunçaki omon qolişi talab etiladi.

— Ha deyiş ham, yöq deyiş ham mumkin. Hamas mavjudligini saqlab qolmoqda va istalgan pallada tiklanişi mumkin, ammo uning harbiy infratuzilmasi vayron qilingan. Gap u qançalik işlay olişi va Ğazo sektorini nazorat qila olişida.

Aftidan, hozirça unda buning uçun imkoniyat qolmoqda. Albatta, 7 oktyabrga qadar bölgani kabi emas. Ammo hozirça Hamas Ğazo sektoridagi hokimiyat bölib turibdi. Isroil esa sektordagi vaziyatni tubdan özgartirmoqçi edi.

— Nega öxşamadi?

— Çunki Hamasning harbiy infratuzilmasini yakson etiş va uni sektordagi siyosiy kuç sifatida tugatiş böyiça dastlabki qöyilgan vazifa uruşning boşqa bir maqsadiga — garovdagilarni ozod etiş maqsadiga ters kelardi.

Bir qöl bilan jang qilib, ikkinçisi bilan öz odamlaringni ozod etişga uriniş imkonsiz. Ehtimol, bunga harbiy amaliyot ötkaziş orqali erişişdan umid qilingandir. Çindan ham kimlarnidir olib çiqa olişdi, ammo sanoqli kişini.

Garovdagilardan ayrimlari Isroil harbiylarining xatolari tufayli halok bölişdi. Qolaversa, Isroil qöşini yaqinlaşgan hududlarda saqlangan mahbuslar öldirilişi xavfi bölardi. Bunday pretsedent ham qayd etilgan — garovdagilarning olti nafari halok bölgan.

Bunday şaroitlarda harbiy harakatlar olib boriş juda qiyin. Garovdagilar omili yöq bölgan Livanda barçasi ança tezroq va intensivroq keçdi — va u yerda ham Isroil «Hizbulloh»ni töliq yöq qila olmagan. Ammo bu yerda bunday maqsad qöyilmagandi ham.