Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça ştab öz işini boşladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ştabda turli sohalarda, jumladan, investitsiyalarni jalb qiliş va yangi işlab çiqariş obektlarini taşkil etiş, taşqi savdo, transport va tranzit böyiça salohiyatni rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni tarğib qiliş, importni optimallaştiriş va boşqa muhim yönalişlarga ixtisoslaşgan kiçik guruhlarga taqsimlangan mamlakat vazirliklari va idoralari xodimlari faoliyat körsatmoqda.
Ştab xodimlari mahalliy tadbirkorlar, işlab çiqaruvçilar va eksportçilar öz amaliyotlarida duç keladigan tizimli va xususiy xarakterdagi muammolarni aniqlaş maqsadida ular bilan manzilli tarzda hamkorlik qilib kelmoqda.
Qabul qilingan ma’lumotlar har tomonlama tahlil qilinadi, uning natijalari asosida tizimli muammolarni bartaraf etiş böyiça takliflar va algoritmlar işlab çiqiladi. Tadbirkorlar muammoli masalalari ham örganilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etiş yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga körsatmalar berilmoqda.
Ştabda körilayotgan amaliy çora-tadbirlar samaradorligini nazorat qiliş mexanizmi joriy qilingan, tegişli muvofiqlaştiruvçi kiçik guruh tadbirkorlar bilan bevosita muloqotda bölib, vazirlik va idoralar tadbirkorlar murojaatlariga qançalik tez va samarali javob berayotganini aniqlaydi.
Har bir kun oxirida ştab faoliyati natijalari yuzasidan tezkor hisobot şakllantiriladi va tahlil qiliş uçun taşqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantiriş va texnik jihatdan tartibga soliş böyiça hukumat komissiyasiga yuboriladi.
Uşbu tahlil davomida aniqlangan tizimli muammolar investitsiya va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, sanoatni rivojlantiriş va eksport salohiyatini oşiriş uçun eng qulay şart-şaroitlar yaratiş, tadbirkorlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş yangi mexanizmlarini joriy qiliş, foydali logistika yönalişlarini kaşf etiş, yangi istiqbolli bozorlarga çiqiş va xorijiy şeriklar bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yölga qöyiş böyiça aniq takliflarni işlab çiqiş maqsadida har tomonlama örganilmoqda.
Aloqaga çiqiş uçun ma’lumotlar: koll-markaz: + 998 71 238 52 52; boş vazirning tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi “işonç telefoni” raqami: 1100; Savdo-sanoat palatasi: + 998 71 150 60 06; biznes-ombudsman: + 998 71 202 09 06.

















