Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardobada fuqarolarning mablag‘ini o‘zlashtirgan bank xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Uch nafar bank xodimi 61 nafar fuqaroni xabardor qilmasdan, ularning nomiga 1,2 milliard so‘m kredit rasmiylashtirib, o‘zlashtirib yuborgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Sardoba tumani bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” Sardoba filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda aniqlanishicha, AT “Xalq banki” Sardoba filiali sobiq xodimlari A.M., N.S., O.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 54 nafar fuqaroning xabardorligisiz ular nomiga 1,2 milliard so‘m kredit ajratilishiga erishib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari, ular 7 nafar bank mijozlari tomonidan kredit qarzdorligini so‘ndirish maqsadida topshirilgan 18 million so‘m naqd pulni bank kassasiga kirim qilmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda bank xodimi 539 nafar fuqaroga soxta kvitansiya berib pullarni o‘zlashtirgani aniqlangandi.
Mavzuga oid
23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi
07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi
23:56 / 02.05.2023
Sardoba fojiasiga 3 yil: oldini olish mumkin bo‘lgan falokat va uning oqibatlari
13:53 / 18.09.2022