Rossiya va Ukraina örtasida yuzaga kelgan harbiy ziddiyat sabab uşbu mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyat nihoyatda yomonlaşib ketdi.

Ukraina hukumatining tegişli qarori bilan göşt, suli, javdar, greçka, şakar, şarbat va tuz eksportiga çeklov joriy qilindi. Şuningdek, buğdoy, jöxori, parranda göşti, tovuq tuxumi va kungaboqar yoği kabi mahsulotlar eksporti mamlakat iqtisodiyot vazirligining tegişli ruxsatnomasi bilangina amalga oşiriladi.

Rossiya hukumati ham 14 martdan boşlab Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga bir qança turdagi donli ekinlar, oq şakar va şakarqamiş eksport qiliş böyiça taqiq kiritdi. Xususan, 2022 yilning 30 iyuniga qadar buğdoy, arpa, meslin, makkajöxori va javdar, 31 avgustga qadar esa şakar eksport qiliş çeklanmoqda. Şuningdek, eksport qilinadigan kungaboqar yoği uçun boj 2022 yilning 1 aprelidan 313 dollargaça oşiriladi.

2021 yilda Özbekiston Rossiya bilan 7,51 mlrd dollarlik (import hajmi 5,45 mlrd dollar), Ukraina bilan esa 704 mln dollarlik (import hajmi 472,4 mln dollar) taşqi savdo aylanmasi qayd etgan. Uşbu mamlakatlardagi eksport taqiqlari Özbekiston içki bozoriga qanday ta’sir qilişi mumkin?

Rossiya va Ukrainadan Özbekistonga qanday oziq-ovqat mahsulotlari import qilinadi?

2021 yilda Özbekistonga xorijiy mamlakatlardan 2,92 mlrd dollarlik oziq-ovqat tovarlari import qilingan. Bu asosan Qozoğiston (34,1 foiz), Rossiya (27,3 foiz), Braziliya (11,2 foiz), Belarus (3,6 foiz) va Ukraina (2,2 foiz) kabi davlatlar hissasiga töğri keladi.

Ukrainadan asosan göşt (uşbu mamlakatdan umumiy oziq-ovqat importining 18,4 foizi), şakardan tayyorlangan qandolat mahsulotlari (uluşi 13,4 foiz), ösimlik yoği (uluşi 12,6 foiz), kakao va undan tayyorlangan mahsulotlar (uluşi 11,6 foiz) import qilingan.