Akmal Suyunov Çust tumani Karkidon şaharçasida yaşaydi. U xurmodan mayiz tayyorlab, mevani köproq muddat saqlab turiş yölini topgan.

Buning uçun xurmo maxsus dastgohda pöstloğidan ajratiladi. Va oçiq havoda quritiladi. Xorijda bunday xurmo mayizlari yuqori narxga baholanadi.

Bu fikr unda, Akmalning aytişiça, Janubiy Koreyada yaşaganida paydo bölgan.

“Supermarketda xurmo mayizini körib qolganman. U qimmat, mazasi şirin edi. Nahotki xurmodan şunday mayiz tayyorlansa, deb hayratlanganman va Özbekistonga qaytgaç, bu yerdagi xurmolarni şunday quritib, mayiz qilişni öylaganman”, – deydi u.

Akmal Innovatsion rivojlaniş vazirligi qoşidagi “Yoşlar akademiyasi” tomonidan e’lon qilingan “Bölajak olim” tanlovida qatnaşadi va 335 million sömlik grantni qölga kiritib, öz işini boşlaydi. Uning loyihasi – xurmo mevasini pöstidan ajratib, ipga ilib, kuzgi oftob taftida quritiş bölgan.

Akmalning aytişiça, Özbekistonda boğbonlar xurmoni juda arzon sotişga majbur bölişadi, şu sabab köplab xurmo daraxtlari kesib taşlangan.

"Çunki xurmoni uzoq vaqt asraşning iloji yöq. Lekin bizning loyihamiz bilan mevani saqlaş muddatini uzaytirib, bir neça barobar qimmatroqqa sotişimiz mumkin", – deydi loyiha muallifi.

Tadbirkor yigit mevani pöstloğidan ajratib beruvçi dastgoh tayyorlagan. U 1 dona mevani 3 soniyada pöstidan ajratib beradi. Dastgohda olma, kartoşka va qizil lavlagini ham pöstidan ajratiş mumkin. Köproq miqdorda qizil lavlagi, kartoşkani quritib, çips qiliş mumkin bölgan joylarda foydalansa böladi.

Hozir uning sexida 7ta şunday dastgoh bor va  20ga yaqin mavsumiy işçi işlaydi.

“Xurmoni oktyabr oylarida terib, arçib ilib qöygandan keyin, kuzgi ob-havoning kayfiyatiga qarab quyoş köproq çiqsa, 30-40 kunlarda quritib, bemalol muzlatgiçga olib qöysa böladi", – deydi u.