Xususan, AQSh prezidenti Jozef Robinett Bayden va XXR raisi Si Jinping O‘zbekiston rahbarini bayram bilan qutladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z baxtli va farovon bo‘lishini tilayman. Bu barcha uchun tinchlik va yangilanish bayramidir, joriy yil esa mamlakatlarimiz diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlayotgani bilan alohida ahamiyatlidir.

Mening ma’muriyatim pandemiyaga qarshi kurash, strategik sherikligimizni chuqurlashtirish va xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi muvaffaqiyatli sa’y-harakatlarimizni davom ettirish uchun kelgusi yilda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan umidvor. Mamlakatingizni Amerika investitsiyalari uchun jozibador qilishiga yordam bergan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz.

Shuningdek, Siz bilan C5+1 jarayoni doirasida umumiy mintaqaviy maqsadlarimiz yo‘lidagi ishlarimizni davom ettirishga intilamiz

Navro‘z muborak!

Hurmat bilan,

Jozef Robinett Bayden,

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident janoblari!

Xitoy hukumati va xalqi nomidan hamda o‘z nomimdan Sizni O‘zbekistonning an’anaviy bayrami Navro‘z munosabati bilan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

Yaqinda siz bilan Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligiining 30 yilligini nishonladik. Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi doirasida do‘stona muhitda sermahsul uchrashuv o‘tkazdik hamda ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va birgalikda “Bir makon, bir yo‘l”ni barpo etish, COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan yangi kelishuvlarga erishdik.