Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manzil: Nurotadagi jonli peyzaj – Chuya qishlog‘i
“Manzil” loyihasi jamoasi ilk marta Navoiy viloyatida bo‘ldi. Manzilimiz – Nurota tumanidagi Chuya qishlog‘i. Bepoyon adirlardagi sokin hayot, tog‘lik insonlar, beg‘ubor bolalar, toshdevorlar va xarsangzor, yero‘choqdagi sumalak va tabiat qo‘ynidagi kabob – sizga ilingan lavhalarimizni yangi “Manzil”da tomosha qiling.
Chuya qishlog‘i Oqtog‘ tizmasining shimoliy yonbag‘rida joylashgan bo‘lib, aholisi asosan chorvachilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi. Tasvirga olish ishlarini asosan qishloqning dara deb ataluvchi qismida olib bordik. Chunki bu atrofdagi tog‘lar ham ko‘rinishi, ham joylashishi bilan o‘ziga xos. Toshlari san’at asari singari terib qo‘yilgandek. Mahalladagi devorlar ham asosan toshdan terilgan.
Biz qishloqdaligimizda mahalla ahli sumalak pishirayotgan ekan. Anchadan buyon yerga kavlangan qozonda pishirilgan sumalakni ko‘rmagan edik, bu holat yoshligimizni eslatib yubordi. Adirlikda futbol o‘ynayotgan bolakaylar esa yoshlikni xotiralashga yana bir sabab bo‘ldi.
Shunday tabiat qo‘ynida taom tayyorlamasdan qaytsak, afsuslangan bo‘lar edik. Shu sababli cho‘g‘da go‘sht pishirishga qaror qildik.
Chuyadan sizga ilingan lavhalarimizni yangi “Manzil”da tomosha qiling. Fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz. Ko‘rsatuv tayyorlash uchun yangi safar manzillariga takliflaringiz bo‘lsa, ularni ham yozib qoldirishingiz mumkin.
Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.
“Manzil” loyihasida reklama joylashtirish masalasidagi murojaatlar uchun telefon:
+998 78 113-10-10
Mavzuga oid
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
08:53 / 05.06.2026
Tibbiyot birlashmasiga ishga kiritishni va’da qilgan tibbiyot xodimlari ushlandi
11:44 / 22.05.2026
“Talafotlar dron orqali o‘rganilyapti” – Navoiyda sel oqibatlari
18:48 / 21.05.2026