O‘zbekiston | 12:45 / 22.03.2022
17847
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 4 kishi vafot etgan YTH haqida ma’lumot berildi

Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq Kun.uz’da Qashqadaryo viloyatida Lacetti va Cobalt mashinasi o‘zaro to‘qnashgani, oqibatda 4 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 19 mart kuni soat taxminan 08:00 larda 4R-90 Qarshi-Koson avtomobil yo‘lining Qarshi tumani Shirkent qishlog‘idan o‘tgan 20-kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Mirishkor tumani, Jyenov qishlog‘ida yashovchi N.D. Lacetti mashinasi bilan harakatlanib kelib, fuqaro R.Z. boshqarib ketayotgan Nexia-3 mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lib mazkur mashinaning chap tomoniga to‘qnashib yo‘lning o‘ng chet pastki qismidagi daraxtlarga borib urilgan.

Oqibatda, Lacetti mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan R.F., R.S., R.F. va E.R. tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Nexia mashinasida bo‘lgan yo‘lovchi J.M. va Lacetti haydovchisi D.N. tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzax viloyati Zomin tumani hududida KIA va Nexia 2 mashinalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid