Qoğoz tanqisligi sababli yaqin haftalarda gazetalar çop etilişi töxtaşi mumkin, dedi Finlandiya media ittifoqi ijroçi direktori Yukka Xolmberg.
Uning sözlariga köra, uşbu muammo talab va taklifning nomutanosibligi, UPM korxonasi işçilarining iş taşlaşi va Ukrainadagi uruş natijasida paydo böldi.
UPM korxonasi iş taşlaguniga qadar fin gazetalarining 20 foizga yaqini Rossiyada işlab çiqarilgan qoğozda çop etilgan. Ukrainada harbiy harakatlar boşlanganidan söng Rossiyadan qoğoz import qiliş töxtagan.
Ötgan yili Yevropa bozorida bir tonna gazeta qoğozi narxi 390 yevro bölgan bölsa, hozirda 670 yevrogaça kötarilgan.
Ayni paytda Finlandiyada gazeta qoğozi Yamsyankoski şahridagi UPM korxonasida işlab çiqariladi.

















