Kooperatsiyaning mohiyati şundaki, bunda odamlar ÖZ XOHIŞIGA BINOAN, foydasini közlab birlaşişadi, buyruqqa binoan emas. Çunki buyruq bilan bölsa, bu kooperatsiya bölmaydi. Allambalo boşqa narsa böladi.

Deylik, dehqonlar ayri-ayri dehqonçilik qilişadi. Biir kun kelib birlaşib harakat qilişsa yaxşiroq foyda olişlarini anglaşadi va harakatlarini, vositalarini birlaştirişadi. Va... işlari yurişadi. Çunki bu yerda... ongli ravişda, foydani közlab birlaşiş yuz berdi.

Ya’ni haqiqiy kooperatsiya faqat va faqat birlaşiş foyda keltirganda, tomonlar şu foydani köra olişganda yuz beradi.

Tabiiyki, işlar kooperatsiyagaça yetib borişi uçun tomonlar erkin, öz xöjaligining haqiqiy egasi bölişi kerak. Tasavvur qiling, hokimlar bularning boşi ustida buyruq berib tursa, vositalariga xöjayinlik qilib tursa... bular kooperatsiya haqida öylay olişadimi? Heh, yöq albatta! Bularning ğami bitta böladi – hokimning zuğumidan qutuliş.

Ha, darvoqe, yana bir narsa – işlar kooperatsiyagaça yetib borişi uçun... vaqt kerak. Bular hokimlarning zöravonligidan qutulgandan keyin özlariga kelişi, erkinlik nima ekanini his qilişlari, xullas, ust-boşlarini qoqib olişlari kerak. Şundan keyingina kooperatsiya haqida öylay boşlaşadi. Buni hisobga oliş kerak.

Şokir Şaripov