Namanganda «Kalaşnikov» avtomatini sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Kosonsoy tumanida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 97- (Qasddan odam öldiriş) va 182- (Bojxona töğrisidagi qonunçilikni buziş) moddalari bilan sudlangan A.O. Qirğizistonning Jalolobod viloyati Ola-buqa tumaniga borib, jinoiy şerigidan 1 dona AKS-74 jangovar öqotar quroli, 3 dona öqdon va 43 dona öq-dorilarni olgan hamda kontrabanda yöli bilan Özbekiston hududiga ötkazgan.
DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda A.O. uşbu qurol va öq-dorilarni Namangan şahrida sotmoqçi bölganida uşlandi.
Hozirda mazkur şaxsga nisbatan DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksi 246- va 248-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.

















