Xitoyning Şanhay şahrida koronavirusning «omikron» ştammini yuqtiriş holatlari avj olganidan söng keng kölamdagi lokdaun e’lon qilindi.
Karantin har biri beş kundan iborat ikki bosqiçda joriy etiladi.
Birinçi bosqiçda Şanhayning Pudun iqtisodiy rayoni va uning atrofidagi rayonlar yopiladi.
Ikkinçi bosqiçda şaharning markaziy qismi yopiladi.
Bu davr mobaynida aholi uyida qolişi, korxona va taşkilotlar yopilişi, jamoat transporti harakati töxtatilişi közda tutilgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari va birinçi ehtiyoj mollarini onlayn-rejimda sotib oliş mumkin böladi hamda sotib olingan mahsulotlar uyga yetkazib beriladi.
Ötgan haftada Şanhaydagi Disneylend parki yopilgan, Tesla zavodi faoliyatini töxtatgandi.
Yakşanba kuni Şanhayda 3,5 mingga yaqin kişida koronavirus aniqlangan.

















