Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ma’lum qilishicha, “K.A.R.” MChJ tomonidan Kogon-Qorovulbozor yo‘nalishida tortilgan gaz quvuriga noqonuniy ulanib, ushbu quvurdan MChJga qarashli gips ishlab chiqarish sexigacha yer ostidan yashirincha 574,28 metr quvur tortib borilgan. Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 613,8 mln so‘m zarar yetkazilgan. 

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

15 kunda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha 7 milliard 646 million so‘m zarar yetkazilgan.