Bugun, 29 mart kuni Namangandagi «Markaziy» stadionda qariyb 20 ming tomoshabin qarshisida kechgan final bahsida O‘zbekiston milliy jamoasi Ugandaga qarshi saf tortdi. Shiddatli kechgan uchrashuvning 35-daqiqasida Jaloliddin Masharipov afrikaliklar himoyachisi va darvozabonining qo‘pol xatosidan keyin hisobni ochdi – 1:0.

Masharipovning goliga assistentlik qilgan Shomurodov 39-daqiqada Amonov bilan ajoyib kombinatsiya uyushtirib, Namangandagi stadionni ikkinchi marta larzaga keltirdi – 2:0.

Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Miya himoyachilarimizdan chaqqonoq harakat qilib, farqni qisqartirdi – 2:1

Ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas katta sahnaga yana Shomurodov chiqdi. Eldor qarshi hujumda Hojimat Erkinovning uzatmasini golga aylantirib, dubl qayd etdi – 3:1.

72-daqiqada esa Shomurodov o‘zi uchun noodatiy bo‘lgan, jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, het-trikka erishdi – 4:1.

78-daqiqada esa Okvi bu borada Eldordan qolishmasligini ko‘rsatib, yirik hisobni qisqartirdi – 4:2.