Şanhayda COVID-19 bilan boğliq vaziyat töliq nazoratga olinmaguniga qadar lokdaun davom etişi ma’lum qilindi, deb xabar berdi Reuters.
Şaharda koronavirus yuqtiriş holatlari keskin ösgani sababli 28 mart kuni lokdaun joriy etilgandi.
Dastlab karantin tadbirlari ikki bosqiçda: 28 martdan 1 aprelgaça şaharning şarqiy, 1 apreldan 5 aprelgaça ğarbiy qismida ötkazilişi rejalaştirilgandi.
Ammo bemorlar sonining ösişi sababli ğarbiy rayonlarda lokdaun rejalaştirilganidan ikki kun avval joriy etildi.
Şahar hokimiyatining bildirişiça, 5 apreldan keyin ham butun şahar böylab lokdaun davom etadi.
Payşanba kuni Şanhayda COVID-19ga çaliniş bilan boğliq 4,5 mingdan ortiq holat qayd etilgan. Undan avvalgi kuni 5,6 ming kişida koronavirus aniqlangandi.

















