Rossiya-Ukraina uruşi boşlanganidan buyon Yevropa mamlakatlari 150 nafar rossiyalik diplomatni çiqarib yubordi, deb yozadi “Onadölu” agentligi. 

Aksariyat mamlakatlarda rossiyalik diplomatlar «josuslik va milliy xavfsizlikka tahdid soliş»da ayblangan bölsa, qator davlatlar Ukraina bilan birdamlik ramzi sifatida rossiyaliklarni persona non grata deb e’lon qilgan.

Polşa eng köp – birdaniga 45 nafar diplomatni josuslikda ayblab mamlakatdan çiqarib yubordi. 

Ukrainaning yana bir qöşnisi Slovakiya 38 nafar rossiyalik diplomatni Vena konvensiyasiga rioya qilmaslikda ayblab mamlakatdan çiqib ketişini talab qildi.

Belgiya hukumati 21 nafar diplomatni çiqarib yuborişga qaror qildi – ular «josuslik bilan şuğullangan»likda ayblandi. 

Gollandiya ham 17 nafar rossiyalik diplomatni josuslikda ayblab mamlakatdan çiqarib yubordi. 

Moskva bilan munosabatlari umuman olganda yaxşi bölgan Bolgariyadan 12 nafar diplomat çiqarib yuborildi. 

Şimoliy Makedoniyani 5 nafar rus diplomati tark etdi. 

Litva tört, Estoniya va Latviya uç nafardan Rossiya diplomatik missiyasining xodimlarini «persona non grata» deb e’lon qildi. 

Öz navbatida, Çexiya Rossiyaning Pragadagi elçisi örinbosarini mamlakatdan çiqarib yuborişini ma’lum qildi.