Xorazmda noqonuniy mayning fermalar faoliyatiga chek qo‘yildi
Ikki holatda davlat manfaatlariga 230 million so‘mdan oshiq zarar yetkazilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida noqonuniy kripto-aktivlar mayningi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Yangibozor tuman bo‘limi «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ, DXX va IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida fuqaro U.Q. o‘zining xonadonida o‘zboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulanib, 8 ta kompyuter o‘rnatib, 372 kun davomida noqonuniy kripto-aktivlar mayningi faoliyatini yuritib kelgani aniqlangan. Buning natijasida u elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga 112,7 million so‘m zarar yetkazgan.
Shuningdek, mazkur tumanda yashovchi yana bir fuqaro K.Q. o‘zining xonadonida 25 ta kompyuter o‘rnatib, 198 kun davomida noqonuniy kripto-aktivlar mayningi faoliyatini yuritib kelgani ma’lum bo‘lgan. U o‘zining faoliyati davomida elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga 122,4 million so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq DXX Sirdaryoda noqonuniy mayning ferma faoliyat yuritayotganini aniqlagandi.
Mavzuga oid

22:08 / 24.02.2025
Xorazmda ota o‘z o‘g‘li, kelini va nabirasiga ov miltig‘idan o‘q uzdi

14:21 / 20.02.2025
Xorazm viloyati sholi yetishtiruvchilari qo‘shimcha subsidiyalar oladi

11:20 / 16.02.2025
Xorazmda Damas urib yuborgan velosiped haydovchisi halok bo‘ldi

14:00 / 15.02.2025