Prezidentning “Mahallalarda aholi bandligini oshirish va norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qurilish vazirligining mahallalarda qurilish ishlari bilan norasmiy shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar faoliyatini rasmiylashtirishni rag‘batlantirish maqsadida qurilish-ta’mirlash brigadalar tuzilishi bo‘yicha taklifi ma’qullanadi.

Bunda:

qurilish-ta’mirlash brigadalari a’zolari o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olinadi, shuningdek brigadalarga xorijiy davlatlarda qurilish sohasida ishlab qaytgan fuqarolarni jalb etishga e’tibor qaratiladi;

  • qurilish-ta’mirlash brigada a’zolariga mehnat qurollari va asbob-uskunalar sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha subsidiya ajratiladi;
  • qurilish-ta’mirlash brigadalariga - jismoniy shaxslar pudratchilar tomonidan qurish mumkin bo‘lgan obektlarni qurish va ta’mirlash ishlarini bajarishga hamda murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish, qurilish-ta’mirlash ishlarini (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari) amalga oshirish huquqi beriladi;
  • pudrat tashkilotlari qurilish-ta’mirlash brigadalari bilan shartnoma tuzadilar, bunda pudrat tashkilotlari brigada a’zolari bilan pudrat shartnoma asosida ishlarni bajaradi;
  • pudrat tashkilotlari qurilish-ta’mirlash brigada a’zolarining mehnat muhofazasi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, brigada a’zolarining mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilishi uchun javobgarlik brigada boshlig‘i zimmasiga yuklatiladi.