Markaziy bank mart oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari şarhini e’lon qildi.
Unga köra, aholining inflatsiya böyiça kutilmalari fevral oyiga nisbatan 1 foizga ösib, 15 foizni taşkil qilgan.
Aholi kelgusida narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- valuta kursi özgarişi (54 foiz);
- import tovarlari hamda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlaşişi (49 foiz);
- narxlarning sun’iy oşirilişi (37 foiz).
Şuningdek, iş haqi hamda nafaqalar oşişi (23 foiz) va yoqilği-energiya resurslari qimmatlaşişi (18 foiz) kabi omillar ham aholi inflyatsion kutilmalariga sezilarli ta’sir ötkazgan.

Ma’lumot uçun, ötgan yilning noyabr oyidan beri aholining inflyatsion kutilmalari pasayib kelayotgan edi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari
Mart oyi yakunlari böyiça kelgusi 12 oy uçun narxlar ösişiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 15,4 foizni taşkil qilib, ötgan oyga nisbatan 0,8 foizga oşgan.
Biznes narxlarning oşişiga qaysi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi?
- Valuta kursi özgarişi (51 foiz);
- yoqilği va transport xizmatlari narxlari qimmatlaşişi (36 foiz);
- taşqi iqtisodiy şaroitlardagi özgarişlar natijasida xorijdan import qilinadigan xomaşyo va butlovçi qismlar qimmatlaşişi (22 foiz).

Şu bilan birga, sörovda qatnaşgan biznes vakillarining 17 foizi kelgusida iş haqi va nafaqalar oşişini, 14 foizi esa iqtisodiyotda raqobat muhiti yomonlaşişi mumkinligini ta’kidlaşgan.

















