Qayd etilişiça, Olmazor tumanidagi «Ğalaba boği» yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi «Şon-şaraf» davlat muzeyida ta’mirlaş va obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.
«Şu munosabat bilan joriy yilning 6 aprelidan 30 aprel kuniga qadar taşrif buyuruvçilar uçun kiriş vaqtinçalik töxtatilganini ma’lum qilamiz», deyiladi Mudofaa vazirligi huzuridagi «Ğalaba boği» yodgorlik majmuasi ma’muriyati xabarida.
Ma’lumot uçun, Özbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, Mudofaa vazirligi huzurida “Ğalaba boği” yodgorlik majmuasi taşkil etilgan.
Majmua hududida Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti, Harbiy orkestrlar xizmati, Qurolli Kuçlar markaziy aşula va raqs ansambli bepul foydalaniş huquqi asosida joylaştirilgan.












