Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maishiy texnikalarni majburiy markirovkalash 15 apreldan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Depositphotos
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimini yo‘lga qo‘yish ta’minlangan. Bunda “CRPT TURON” MChJ mazkur tizimning operatori sifatida belgilangan.
Hujjat bilan majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari va mahsulotlar turlari guruhlar bo‘yicha quyidagicha belgilandi:
birinchi guruh - changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor - 2022 yil 15 apreldan boshlab;
ikkinchi guruh - maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikroto‘lqinli pech, dazmol, suv isitkich-2022 yil 1 avgustdan boshlab;
uchinchi guruh - suv isitish qozonlari, konditsioner, o‘rnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqargich, blender, mikser, kofe yanchgich, go‘sht maydalagich), barcha turdagi lampalar - 2022 yil 1 noyabrdan boshlab.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
majburiy raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarining identifikatsiya kodlari ro‘yxati;
ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma- bosqich joriy qilish grafigi;
import qiluvchi tashkilotlar tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma- bosqich joriy qilish grafigi;
ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma- bosqich o‘tishi grafigi;
maishiy texnika mahsulotlarini identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlari to‘g‘risidagi nizom.
Operator tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash uchun markirovka kodlari mazkur mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga va import qiluvchilarga tegishli buyurtma asosida taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31
-
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi
Jahon | 19:18
-
O‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi
O‘zbekiston | 19:14
-
O‘zbekistonga yangi superkompyuter olib kelinadi
Fan-texnika | 19:12
Mavzuga oid

13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

16:06 / 13.01.2025
Ayrim texnika vositalari xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar belgilandi

12:21 / 12.12.2024
Sut mahsulotlarini markirovkalash boshlanadi

13:10 / 14.10.2024