Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi axborot xizmatining xabar berişiça, Ş.A. ismli fuqaro va uning şeriklari moliyaviy piramida taşkil qilib, 231 nafar fuqaroning 13 milliard 700 million söm pulini özlaştirgan.
«Xususan, fuqaro Ş.A. va uning jinoiy şeriklari özganing juda köp miqdordagi mulkini qölga kiritiş maqsadida, muayyan pul mablağiga ega bölgan sodda mijozlarni topib, yuridik manzilga ega bölmagan Nasdaq Unique Finance nomli xorijiy kompaniyaga 1 000 dollar sarmoya kiritib, maşhur kompaniyalar aksiyalarini sotib oliş orqali oyiga 6 foizdan daromad olişlariga işontirişib, 231 nafar fuqaroning 13,7 milliard söm pulini özlaştirgani foş etildi. Sudda uşbu şaxslarning jinoiy qilmişlari körib çiqilib, aybdorlarga qonunda belgilangan jazo çoralari qöllandi», — deyiladi xabarda.
Viloyat prokuraturasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, sud hukmiga köra moliyaviy piramida taşkil etib, fuqarolarning mablağlarini özlaştirgan Ş.A. 10 yil, uning şeriklari T.R. 10 yil, M.R. va U.H. esa 8 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.













