Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari munosabati bilan Yevropa davlatlari 48 soat içida 200 dan ortiq rossiyalik diplomatni çiqarib yubordi. 5 aprel, seşanba kuni Italiya, Ispaniya va Sloveniya Rossiyadan kelgan önlab diplomatlardan mamlakatni tark etişni söradi. Kreml buni qoraladi va javob çoralari körişini e’lon qildi. 

Fransiya va Germaniya 4 aprel kuni Rossiya qöşinlarining Buça şahrida sodir etgan harakatlariga javoban önlab rossiyalik diplomatlarni çiqarib yubordi. Germaniya hukumati 40 nafar diplomatni persona non grata deb e’lon qildi. Fransiya 35 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatni tark etişga çaqirdi. 

Xuddi şunday çoralar 5 aprel kuni Yevropa ittifoqining boşqa davlatlari tomonidan ham amalga oşirildi. Italiya 30 nafar rossiyalik diplomatni çiqarib yubordi. Ispaniya taşqi işlar vaziri Xose Manuel Albares mamlakatni tark etişi söralgan 25 nafarga yaqin rossiyalik diplomat «davlat manfaatlariga tahdid solayotgani»ni ma’lum qildi. Sloveniya, Estoniya, Ruminiya, Daniya va Şvetsiyada ham Rossiya elçixonalari xodimlarini çiqarib yuboriş haqida körsatma berildi.

Öz navbatida, Yevropa ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Rossiyaning Yevropa ittifoqidagi 19 nafar vakilini «nomaqbul» deb e’lon qildi. Rossiyaning Yevropa ittifoqidagi doimiy vakili Bryusselga çaqirildi va qaror haqida xabardor qilindi, deb xabar berdi Borrel Strasburgda. Yevropa diplomatiyasi rahbari YeIdagi Rossiya vakolatxonasining «noqonuniy» va «qöporuvçilik» harakatlarini bunga sabab sifatida keltirgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov diplomatlarning çiqarib yuborilişini «kaltabin qadam» deb atadi. Uning ta’kidlaşiça, «diplomatik işning torayişi muqarrar ravişda javob çoralariga olib keladi».