Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yaşovçi Sarvar Andaqulov hali maktab öquvçisi. Ammo u öz daromadiga ega va sohasi böyiça ustozlik darajasiga yetgan. Sarvar darsdan böş paytlari asalariçilik bilan şuğullanadi.

Sarvar 5-sinf paytida bobosi unga 2 oila asalari sovğa qilgan. Şu tariqa u sohaga qiziqib ketgan va tajribali asalariçiga şogird tuşib,  mehnatdan qoçmagan holda kerakli bilim hamda könikmalarni örgangan. 

“2016 yildan beri asalariçilik bilan şuğullanaman. 5-sinfda boşlaganman. Bobom ikkita asalari oilasini sovğa qilgandi. Hozirda şuni 80 oilaga yetkazdim. Yil davomida asalarining özini, asalini sotib, 100 mln daromad köramiz. Bugungi kunda asalariçilikni örganayotgan 5 nafar şogirdim bor. Işdan, darsdan böş bölganida kelib, sohaning sir-sinoatlarini örganişadi. Bugungi kunda ular ham öz asalarilariga ega. Bu iş bilan juda ehtiyotkor holda, sekin-asta şuğullaniş kerak. Şoşgan insonni yoki qöl uçida qilingan işlarni asalari yoqtirmaydi. Qoçib ketadi yoki ölib qolişi mumkin”, — deydi Sarvar Andaqulov.

Özining ta’kidlaşiça, Sarvar yoşligida asalari çaqişidan bir neça bor şifoxonaga tuşgan. Biroq sohani çuqur örganiş ahdidan qaytmagan, asalarilarga mehr berişda davom etgan.

Hozirda yiliga 5–6 marta asal oladi. Hosil bahor kelişiga va tabiatga qarab 1–1,5 tonna böladi. Xaridorlar – qişloqdoşlari, qöni-qöşnilar. Mahsulot uçun bozor izlab yurişga ham ehtiyoj yöq. Yoş asalariçi işini yil sayin rivojlantirib boriş niyatida.  

Ruslan Saburov, Kun.uz muxbiri

Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.