Prezident vakili Gazeta.uz'ga bergan intervyusida «Tolibon»ning uşbu qarori Afğonistondagi giyohvand moddalar muammosini ildizi bilan yöq qilişda muhim rol öynaşi, bu esa mamlakat xalqaro terrorçilar panohiga aylanmasligiga aniq signal ekanligini ta’kidlagan.

«Afğoniston muvaqqat hukumati tomonidan afyun köknori yetiştiriş, şuningdek, barça turdagi giyohvandlik vositalarini işlab çiqariş, sotiş, taşiş va kontrabandaga nisbatan e’lon qilingan taqiq mamlakatda uşbu muammoni yöq qiliş yölidagi, qolaversa, toliblarning mintaqa mamlakatlarining mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlaşga qaratilgan sa’y-harakatlariga qöşilişdagi muhim qadamlaridan biri böldi», – deydi Ergaşev.

Şuningdek, Ismatulla Ergaşev dunyoda işlab çiqarilayotgan afyunning 80 foizdan ortiği Afğoniston hissasiga töğri kelişi, buning ortidan milliardlab daromadlar kelayotgan bölsa-da, biroq ular bugungi kunda mamlakatni qamrab olgan oğir gumanitar inqirozning butun körinişini aks ettira olmasligini ta’kidlagan.

«Mening fikrimça, aksariyat afğon dehqonlari uçun köknori yetiştiriş omon qolişning yagona yöli va öz oilalarini boqişning usuli ekanligini tuşuniş lozim. Biroq bu qardoş mamlakatda 40 yildan ortiq davom etgan uruş tufayli sun’iy ravişda yaratilgan majburiy çora edi.

Işonamizki, Afğoniston yangi rahbariyatining juda muhim qarori nafaqat ularning vijdonli va mas’uliyatli xatti-harakatlarining aniq tasdiği, balki yaqin kelajakda öz mamlakatini jahon hamjamiyatining tölaqonli va mas’uliyatli a’zosiga aylantiriş istagi hamdir», – deydi u.

Prezident vakili nima uçun bu Afğonistonning butun köp millatli xalqi uçun juda muhim qaror, deganiga izoh bergan.

«Eng avvalo, bu nihoyat oddiy afğon dehqonlariga köknori örniga boşqa qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişga ötiş, içki bozorni ular bilan töldirişga va afğonlarning farovon yaşaşiga imkon yaratadi.

Yana bir muhim tafsilotni ta’kidlamoqçiman. Afğonlar tabiatan tajribali dehqonlardir, ular faqat uruş yillarida afyunni faol yetiştira boşlaşdi, asrlar mobaynida ular meva-sabzavot va poliz mahsulotlarining barça turlarini, şuningdek, guruç, buğdoy, kartoşka, pomidor va boşqalarni yetiştirib kelişgan. Afğon xalqining buguni va kelajagini tahlil qilişda mana şu tarixiy haqiqatga alohida e’tibor qaratiş kerak.