Prezident Shavkat Mirziyoyev “Tuman va shahar budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” qaror imzoladi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, 2022 yilning fevral-mart oylari davomida o‘tkazilgan “Tashabbusli budjet” jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirokini inobatga olgan holda g‘olib deb topilgan 2 215 ta loyihaga qo‘shimcha, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 139 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda respublika budjetidan 85,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Qo‘shimcha g‘olib deb topilgan loyihalarga jami 480 mingdan ortiqroq ovoz berilgan. Ularning sohalar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- 76 ta umumta’lim maktablarini joriy ta’mirlash va jihozlash;
- 23 ta mahallalarda ichimlik suvi tizimini yaxshilash;
- 13 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’mirlash va jihozlash;
- 5 ta sog‘liqni saqlash tashkilotlarini ta’mirlash va jihozlash.
Qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan loyihalarning ro‘yxati quyida ilova qilinmoqda.
Ushbu qaror natijasida 2022 yil 1-mavsum "Tashabbusli budjet" jarayonlarida fuqarolar tomonidan berilgan jami 6 mln 718 mingdan ortiq ovozlarning 4 mln 871 mingdan ortig‘i, yoki jami berilgan ovozlarning 72,5 foizini g‘olib takliflarga ovoz berganlar tashkil etmoqda.
Qaror bilan quyidagicha tartib o‘rnatilmoqda:
- tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari – har chorak yakuni bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni


























