Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Twitter direktorlar kengashiga kirishga rozi bo‘lmadi
Milliarder o‘z qarori haqida direktorlar kengashiga rasman kirishi kerak bo‘lgan kuni ma’lum qilgan.
Ilon Mask Twitter direktorlar kengashi tarkibidan o‘rin olishga rozi bo‘lmadi. Bu haqda Twitter bosh direktori Parag Agraval ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mask Twitter direktorlari bilan «ko‘plab munozaralar» o‘tkazgan, keyin esa ularning taklifini qabul qilmagan.
Milliarder o‘z qarori haqida direktorlar kengashiga rasman kirishi kerak bo‘lgan 9 aprel kuni ma’lum qildi, degan Agraval.
Mask kompaniya aksiyalarining 9 foizdan ortig‘ini sotib olganidan so‘ng Twitter unga kompaniya direktorlar kengashiga kirishni taklif qilgandi.
Mask direktorlar kengashiga kirganidan so‘ng kompaniyadagi ulushini 14,9 foizdan oshira olmasdi, endi esa uning uchun bunday cheklov yo‘q, deb yozadi Bloomberg.
Ilon Mask o‘tgan haftada 219 mlrd dollar boyligi bilan dunyoning eng badavlat odamiga aylangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026