Boş prokuraturaning xabariga köra, Farğona viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji boş hisobçisining kirdikorlari foş etilgan.
U egallab turgan lavozimidan ğaraz maqsadlarda foydalanib, 2019-2021 yillar davomida öziga asossiz ravişda jami 4 mlrd söm iş haqi va ustama yozib olgan.
Şuningdek, kollej öqituvçilari nomiga bank plastik kartalari oçib, ularga 310 mln söm budjet mablağlarini öqituvçilarga bildirmasdan ötkazib olgan.
Boş hisobçi talon-toroj qilgan jami 4,3 mlrd söm mablağlarni internet tarmoği orqali qimor öyinlariga tikib, sarf qilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan boş hisobçi va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 209 (Mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumonlanuvçiga nisbatan "qamoqqa oliş" ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Tergov davom etmoqda.












