Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan 3 nafar ayol Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi
Alisher Usmonovning opasi va singlisi, shuningdek, Alfa bankning asosiy aksiyadori Mixail Fridmanning yordamchisi sifatida qayd etilgan Nigina Zairova Buyuk Britaniya sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Foto: EPA
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Yangilangan ro‘yxatga 206 nafar tadbirkor, siyosatchi hamda ularning oila a’zolari qo‘shilgan. E’tiborli jihati sanksiyaga tushganlar orasida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan 3 nafar ayol ham bor. Ular:
Gulbahor Ismoilova – etnik o‘zbek multimilliarderi Alisher Usmonovning opasi. U O‘zbekistonda tug‘ilgan, ayni paytda esa Rossiya fuqarosi hisoblanadi. 2022 yil 2 mart kuni Germaniya hukumati Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Alisher Usmonovning “Dilbar” nomli yaxtasini xatlovga olgani haqida xabar berilgandi. Ma’lum qilinishicha, qiymati 600 million dollarlik ushbu yaxtaning yagona egasi sifatida Gulbahor Ismoilova ro‘yxatga olingan. Uning YeI va Buyuk Britaniyadagi aktivlari muzlatilib, ushbu mamlakatlarga kirishi taqiqlanmoqda.
Usmonovning singlisi Saodat Narziyevaga nisbatan ham sanksiya qo‘llanilgan. Avvalroq, Shveytsariyaning kreditlar bo‘yicha ikkinchi yirik Credit Suisse bankidan sizib chiqqan hisob ma’lumotlarida uning nomiga 2004 yildan beri umumiy hisobda 6ta hisobraqam ochilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Keyinroq bu ma’lumotlar Alisher Usmonovning matbuot xizmati tomonidan inkor qilindi.
Nigina Zairova – O‘zbekiston fuqarosi. Rossiya Alfa bankining asosiy aksiyadori Mixail Fridmanning ijrochi yordamchisi sifatida qayd etilgan. Uning sanksiyalarga tushishiga asosiy sabab sifatida Fridmanga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalardan keyin unga tegishli 3ta aktivning (Athlone House Ltd, Reashon Holding Ltd va Reashon Ltd) Zairova nomiga o‘tib ketganligi ko‘rsatilgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgan
Jahon | 09:00
-
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
O‘zbekiston | 08:28
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
Mavzuga oid

13:41 / 31.05.2025
AQSh Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi

14:36 / 23.05.2025