Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev şahardagi asosiy köçalarda yuzaga kelgan barça çuqurlarni 10 kun içida bartaraf etiş böyiça topşiriq berdi. Mazkur topşiriq berilgan yiğiliş videosini hokimlik matbuot xizmati e’lon qildi.
“Oxirgi 50-60 yilda Toşkent şahar bunday yoğingarçilikni körmagan edi. Yoğingarçilikdan keyin asfaltlarimiz qiyofasini yaqqol körsatdi, katta çuqurlar paydo böldi. [Bu] fuqarolarimizning e’tiroziga sabab bölyapti, özingizlar ham körib turibsizlar”, – dedi şahar rahbari.
Ortiqxöjayev hokimlik huzuridagi Obodonlaştiriş boş boşqarmasi boşliği Anvar Umarovga 10 kun içidagi Toşkent köçalaridagi barça çuqurlarni bartaraf etişni topşirdi.
“Anvar aka, 10 kun muhlatda tuman hokimlari, barça kerakli boşqarmalar bilan birlaşib, Toşkent şahridagi mavjud bölgan barça xususiy va öz boşqarmangizga tegişli texnikalarning hammasini jalb qilasiz. 10 kun sizga muhlat. Şaharda mavjud bölgan asosiy katta köçalarni 10 kun içida töliq ta’mirlaşingiz kerak.
Men tuşunaman, oğir, şahrimiz katta, kiçik emas, lekin mas’uliyatni olişingiz kerak. Kerak bölsa, keçki payt işlarni taşkillaştirasiz”, – ta’kidladi Jahongir Ortiqxöjayev.
Hokim, şuningdek, içki işlar va prokuratura mas’ullariga ham yuzlandi.
“Men içki işlarimizga iltimos qilaman, “GAI” xodimlari ham mas’uliyatni tuşungan holda ta’mirlanayotgan joylarni qattiq nazoratga olib, odamlar uçun ötkazuvçanlikni qulaylaştirib berişga mas’ul bölişlari kerak.
Jon-jahd bilan kuraşiş kerak. 10 kundan ötib ketib qoladigan bölsa, keçirilmaydi.
Hurmatli prokurorimizga iltimos qilamiz, hammasining sifatini kontrol qilib, mablağlarimiz bebiliska sarf bölmasligini tekşirib berasizlar. Rahmat.
Birorta ham çuqur qolmasligi kerak! Sifatsiz qabul qilmaymiz”.
Toşkent şahri rahbari zarurat bölsa Toşkent viloyatidan ham barça yölsozlik texnikalarini jalb qiliş kerakligini qöşimça qildi. Şuningdek, yölta’mirlaş işlari odamlarga noqulaylik keltirmasligi böyiça topşiriqlar berdi.
“Bugun qilib, ertaga, 10 kundan keyin u yana otvorib... Işlatgan pulimiz isrof bölişiga yöl qöyiş yöq. Tuşuntira oldim-a? Kerak bölsa, iltimos qilaman, işçilaringizga iltimos qiling, kunduz kuni dam olib olsin, keçki payt maşina yöq vaqtida işlasin.












