DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda özini treyder deb e’lon qilib, moliya-iqtisod sohasida yetarli bilim va tajribaga ega bölmagan fuqarolarning işonçiga kirgan holda ularning şaxsiy mablağlarini noqonuniy özlaştirib kelgan şaxs faoliyatiga çek qöyilgan.

DXX axborot xizmatining ma’lum qilişiça, 1995 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs 2020 yilda Toşkent şahrida “REALNAYA INVESTITSIYA” MÇJni taşkil etib, mijozlarni jalb qiliş maqsadida telegram hamda instagramda guruh oçib, tarğibot işlarini olib borgan.

Jamiyat rahbari mijozlardan 15 ming AQŞ dollaridan 200 ming AQŞ dollarigaça bölgan miqdorda pul mablağlarini qabul qilib olgan hamda ularga har oyda kamida 10% dan foyda berişni va’da qilgan. Va’da qilingan foydani yangi jalb qilingan fuqarolarning pul mablağlari hisobidan tölab kelgan.

Jamiyat rahbarining aytişiça, faoliyati davomida 560 nafar fuqaro bilan oldi-berdi qilgan, hozirda 100 nafarga yaqin fuqarolar oldida majburiyatlari saqlanib turibdi. Uning qöşimça qilişiça, ayni damda fuqarolardan 2,5-3 mln AQŞ dollari atrofida qarzi mavjud.

Qayd etilişiça, u noqonuniy yöl bilan topilgan daromadlarini bir neçta köçmas mulklar va qimmatbaho avtomaşinalar xarid qiliş orqali legallaştirgan.

Hozirda ayblanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining bir neçta moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Xususan, jamiyat rahbariga nisbatan JKning 168 (firibgarlik), 178 (çet el valutasini yaşiriş), 179 (soxta tadbirkorlik), 184 (soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş), 188-1 (pul mablağlarini jalb etişga doir noqonuniy faoliyat), 189 (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda ayblanuvçi sifatida qamoqqa olingan.

Xabarda aytilişiça, “REALNAYA INVESTITSIYA” MÇJdan jabr körgan fuqarolar Toşkent şahri prokuraturasiga murojaat qilişlari söraladi.

Oçiq ma’lumotlarga köra, “REALNAYA INVESTITSIYA” MÇJ 2020 yilda taşkil etilgan bölib, faoliyat yönalişi sifatida tijoriy faoliyat va boşqaruv masalalari böyiça maslahat beriş xizmatlari körsatilgan. Jamiyatning rahbari va 100 foizlik ta’sisçisi Şohjahon Eşniyozov hisoblanadi.

Avvalroq, Qaşqadaryoda bir guruh şaxslar fuqarolarni 1000 dollar sarmoya kiritib, xorijiy maşhur kompaniyalar aksiyalarini sotib oliş orqali oyiga 6 foizdan daromad olişlariga işontirib, 231 nafar fuqaroning 13 milliard 700 million söm pulini özlaştirgani