Aqliy mehnat bilan şuğullanadigan va uzoq vaqt bir joyda ötirib işlaydigan aksariyat kişilarning umurtqa poğonasi va böyin sohasida kuçli oğriqlar paydo böladi. Bu osteoxondroz alomati bölişi mumkin. Bu haqda oliy toifali şifokor Ra’no Nosirova ma’lumot berdi.
— Yillar ötgani sari inson umurtqa poğonasining harakatçanligi hamda qayişqoqligi kamayib boradi, — dedi mutaxassis. — Odam kam harakat qilganda statik yuk ortib, umurtqa poğonasini tutib turuvçi muşaklar tonusi susayadi. Oqibatda ular orasidagi disklarning oziqlanişi buziladi. Bu esa osteoxondroz paydo bölganidan darak.
Şifokor sözlariga köra, kasallik, asosan, böyin, kökrak, bel va dumğaza suyaklarida kuzatiladi. Uning ikki xil körinişi bölib, birlamçi osteoxondroz köproq yoşi katta insonlarda uçraydi. Xastalik payti disklarda degenerativ özgarişlar sodir bölib, bunda disk suyuqligi va ozuqasi kamayadi.
Ikkilamçi osteoxondrozga turli yuqumli kasalliklar, umurtqa poğonasidagi şikastlanişlar va haddan taşqari jismoniy zöriqiş holatlari sabab bölişi mumkin. Şuningdek, jismoniy maşqlar va sport bilan şuğullanmaydigan insonlar ham osteoxondrozga moyil.
«Kasallik asosan oğriqlar bilan namyoon böladi. Böyin umurtqasi osteoxondrozida barmoqlarda uyuşiş, köriş qobiliyatining pasayişi, boş aylanişi, böyin, boş va qöllarda oğriq hamda quloqlarda şovqin kuzatiladi. Kökrak qafasi osteoxondrozida bemor qiyin nafas oliş, bel oğriği, kökrak qafasida yoniş yoki siqiliş hissidan aziyat çekadi. Belda uçraydigan bunday xastalikda esa oyoqlar va pastki bel oğrib, barmoqlar uyuşadi», dedi Nosirova.
Soğliqni saqlaş vazirligi tavsiyasiga köra, kasallikka töğri taşxis qöyiş uçun albatta şifokor körigidan ötiş lozim. Osteoxondrozning oldini oliş va undan xalos böliş uçun badantarbiya maşğulotlarini kanda qilmaslik, suvda suziş, kamharakatlilikdan va bir joyda uzoq harakatsiz ötirişdan saqlaniş kerak.

















