12-14 aprel kunlari Termizda «Özbekiston temiryöllari» boşqaruv rahbarlarining Afğoniston temiryöllari boşqarmasi boşliği Baxtulrahmon Şarafat boşçiligidagi delegatsiyasi bilan uçraşuvi bölib ötdi.

«Özbekiston temiryöllari» matbuot xizmati xabar berişiça, uçraşuvda Afğoniston tomoni Özbekistonga ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş, Afğonistonga/Afğonistondan yuk taşiş hajmini oşiriş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar va sa’y-harakatlar, şuningdek, yuklarni öz vaqtida qayta işlaşda körsatilayotgan yordam uçun minnatdorçilik bildirgan.

Uçraşuvda, şuningdek, Afğoniston «Özbekiston temiryöllari» bilan hamkorlikni töxtatişni rejalaştirayotgani haqida OAVda tarqalgan xabarlarni rad etgan.

Qayd etilişiça, Afğoniston temiryöllari boşqarmasi raisi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş niyatida ekanligini ta’kidlagan.

Afğoniston tomoni «Söğdiyona-Trans» ŞK («Özbekiston temiryöllari» AJga qaraşli)ning «Hayraton – Mozori Şarif» temiryöl liniyasining ekspluatatsiyasi böyiça 2021 yildan buyon amalga oşirib kelayotgan işlaridan töliq mamnunligini bildirgan.

Muzokaralar davomida Mozori Şarif—Kobul—Peşovar temiryöli qurilişi loyihasini amalga oşirişni jadallaştiriş masalasi ham muhokama qilingan.

Bundan avvalroq Afğonistondagi naşrlar «Tolibon» hukumati Hayraton — Mozori-Şarif temiryöli boşqaruvini öz qöliga olmoqçi ekanligi haqida xabar tarqatgandi. Xususan, Afğoniston temiryöllari boşqarmasi (ARA) mamlakat temiryöl vokzallarini qöşni davlatlar bilan işlatiş böyiça şartnomalar Afğoniston manfaatlarini hisobga olmasdan tuzilgani, bu şartnomalarni qayta körib çiqiş rejalaştirilayotganini ma’lum qilgandi.