Ma’lum bölişiça, uşbu hodisa şu yilning 7 aprel kuni Toşkent tumanining Bahor mahallasida sodir bölgan. Xorijiy davlatdan olib kelib boqilayotgan şer bolaning orqasidan taşlanib, uni sudrab ketgan. Söng uning boşidan tişlagan.

“Bitta uy narida turadigan qöşnimiz şer boqayotgandi. Bolamga sut olişga çiqqandik. Ovsinim bilan ketayotganimda orqadan kelayotgan bolamning boşidan tişlab, birdaniga sudrab olib ketib qoldi. Xudo qandaydir kuç berdi. Şerning ustiga taşlandim va pastki jağini tortib oçişga harakat qildim. Tepa jağini kimdir oçişga yordam berdi.

Bolamning boşi şer oğzining içida edi. Ölib qolişi ham mumkin edi. Xudo asrab qoldi. Agarda öz vaqtida yordam körsatilmaganda şer farzandimni yeb qöygan bölardi”, deya ta’kidlagan jabrlanuvçining onasi.

Şer çangalidan omon çiqqan qizaloq 11 kundan beri Toşkent şahridagi 2-sonli bolalar jarrohlik klinik şifoxonasida davolanmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

“Joriy yilning 7 aprel kuni taxminan soat 19lar atrofida şifoxonamizga uç yoşli bemor olib kelindi. Uning boşidan, öng yelkasi va dahanidan şer tişlagani aniqlandi. Tezlikda bemorga kerakli tibbiy yordam körsatildi. Qutirişga qarşi emlandi. Xudoga şukur, bolaning boş miyasida, boş qutisida siniş, özgarişlar yöq. Veterinariya bölimidan berilgan ma’lumotnomaga köra, şer quturmagani ma’lum böldi. Hozirga kelib qizçaning hayotiga xavf soladigan narsalar ötib ketdi”, deydi reablitolog Saidvoris Ğaniyev.

Toşkent tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş bölimiga 16 aprel kuni Toşkent tumani IIB xodimi murojaat qilib, şu tumanda yaşovçi fuqaro öz hovlisida xavfsizlik qoidalariga amal qilmay Afrika şerining bolasini boqayotgani haqida xabar bergan.

“Voyaga yetmagan fuqaro tomonidan Afrika şerini noqonuniy boqiş holati aniqlandi. Örganişlar jarayonida bu şerni saqlab turiş, boqiş va xorijdan olib keliş böyiça heç qanday hujjatlar yöqligi ma’lum böldi. Aniqlangan holat böyiça dalolatnoma va boşqa hujjatlar rasmiylaştirildi. Şer yovvoyi hayvonlarni vaqtinça saqlab turiş markaziga olib kelindi. Hujjatlar örnatilgan tartibda sudga taqdim etiladi. Sud qaroriga köra, şer hayvonot boğiga beriladi yoki egasiga qaytariladi yoki bölmasam, şu markazda olib qolinadi”, deydi Toşkent tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş bölimi rahbari Oybek Rahimov.