Ötgan hafta oxirida Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi majmuasi atrofida yuzaga kelgan töqnaşuvlar dam oliş kunlari ham davom etdi. Töqnaşuvlar çoğida 170 nafardan ortiq kişi yaralangan, ularning aksari falastinliklar.
Al-Aqso masjidi Quddusning köhna qismida joylaşgan, islom dinidagi ardoqlanuvçi ziyoratgohlardan biridir. Bu yerda yahudiylar uçun ham muqaddas sanalgan - Ibodat toği bor.
Quddusda hozirgiga öxşaş vaziyat keskinlaşuvi ötgan yilning bahorida ham kuzatilgandi va öşanda HAMAS Isroil hududiga raketalarini uçirgaç, 11 kunlik uruş bölib ötgandi.
Isroil politsiyasi ma’lumotiga köra, yakşanba kuni falastinliklar Quddusning Eski şahar hududida isroilliklar avtobusini toşböron qilişi oqibatida bir neça kişi yaralangan.
«Asr uruşi». Arab-Isroil munosabatlaridagi asosiy muammolar
Falastinliklar Isroilni musulmonlar uçun muqaddas Ramazon oyida Al-Aqsoga hujum qilişda ayblamoqda. Isroil tomonining aytişiça, falastinliklar diniy bayramni nişonlayotgan yahudiylarning uşbu hududga kelişiga tösqinlik qilişgan.
Duşanba kuni keçqurun Isroil janubida sirenalar yangradi. Isroillik harbiylar Ğazodan uçirilgan raketa «Temir gumbaz» havo hujumiga qarşi mudofaa tizimi bilan urib tuşirilganini ma’lum qilgan. Bir neça soat ötib harbiylar HAMASga tegişli bölgan, qurol işlab çiqariluvçi obektga javob zarbalari berilganini xabar qildi.
Guvohlarning sözlariga köra, Isroil samolyotlari Ğazo sektorining janubiy qismiga zarbalar yöllagan, HAMASdagilar isroilliklarning samolyotlari öqqa tutilganini ma’lum qilişgan.
Xabarlarga köra, HAMASning harbiy qanoti hisoblangan «Qassam brigadalari» ilk marta Rossiyada işlab çiqarilgan «Strela» raketalaridan foydalangan. Ikki tomon ham sönggi harbiy harakatlar vaqtida jabrlanganlar yoki halok bölganlar haqida xabar bermagan.
Hozirça Falastindagi harbiylaşgan guruhlarning heç biri raketalar uçirilişi uçun mas’uliyatni zimmasiga olmagan, Isroil esa mamlakat hududiga yöllangan barça raketa zarbalari uçun HAMASni aybdor qiladi va javob zarbalari qaytaradi.
Şuningdek, Isroil annexia qilingan Ğarbiy sohilga qöşimça kuçlar taşlagan.



















