Keça, 20 aprel kuni «Nobank kredit taşkilotlari va mikromoliyalaştiriş faoliyati töğrisida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonunga köra, mikromoliya taşkiloti, lombardlar, ipotekani qayta moliyalaştiriş taşkiloti nobank kredit taşkilotlari hisoblanadi.
Mikromoliya taşkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln sömgaça), lizing, kafolatlar berişi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalaştirişga oid xizmatlar körsatişi mumkin.
Hujjatda islomiy moliyalaştirişga oid xizmatlar – islomiy moliyalaştirişni amalga oşiriş standartlarini belgilovçi xalqaro taşkilotlarning qoidalariga muvofiq Markaziy bank tomonidan işlab çiqilgan moliyaviy xizmatlar, deya ta’riflangan.
Lombardlar esa garov evaziga qisqa muddatli (1 yilgaça) mikroqarzlar (50 mln sömgaça) beradi.
Şuningdek, qonunga köra, nobank kredit taşkilotlari işlab çiqariş, suğurta, savdo faoliyatini amalga oşirişga va omonatlarni (depozitlarni) jalb etişga haqli emas.
Nobank kredit taşkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga soliş va nazorat qiliş Markaziy bank tomonidan amalga oşiriladi.
Rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradigan uşbu qonunning töliq matni hozirça e’lon qilinmadi.

















