“Budjetlararo munosabatlar va soliq ma’muriyatçiligini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi prezident qarorida közda tutilişiça, yuridik şaxslar tomonidan egalik qilinuvçi köçmas mulk obektlarining 1 kvadrat metri uçun belgilangan miqdor amaldagi eng kam mutlaq miqdor qiymatidan baland bölgan hollarda, ularga obektlar qiymatini baholovçi taşkilotni jalb qilgan holda mustaqil baholaş vakolati berilmoqda.
Bunda yuridik şaxslarning mol-mulk soliği böyiça soliq bazasini aniqlaşda sönggi ikki yil davomida baholovçi taşkilotni jalb qilgan holda ötkazilgan mol-mulkni baholaş natijalari asos sifatida qabul qilinadi.
Ma’lumot uçun, joriy yil 1 yanvardan yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirilgandi. Şu bilan birga, 1 kvadrat metr uçun minimal qiymat ham belgilangan:
- Toşkent şahrida – 2,5 mln söm;
- Nukus şahri va viloyat markazlarida – 1,5 mln söm;
- qolgan hududlarda – 1 mln söm.
Kiritilgan özgartirişlarga köra, 1 kvadrat metr uçun minimal qiymat tartibi endilikda minoralar, köpriklar (estakadalar), rezervuarlar (öt öçiriş inşootlari, sisternalar), bostirmalar, şiyponlar, beton maydonlar va devorlar (bordyurlar) uçun qöllanmaydi.
Belgilangan eng kam mutlaq miqdor qöllanmaydigan obektlar röyxatiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş Moliya vazirligi hamda Soliq qömitasi takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oşiriladi.
Şuningdek, davlat-xususiy şeriklik böyiça oliy ta’lim muassasalarida talabalar turar joylarini barpo etiş loyihalari tadbirkorlik sub’yektining töliq öz mablağlari hisobidan belgilangan şartlar asosida moliyalaştirilgan hollarda qurilgan bino va inşootlarning (bundan yer maydoni, bino va inşootlarning umumiy foydalanişga möljallangan kommunikatsiya tarmoqlari egallagan qismi mustasno) 20 foizidan oşmagan qismi qonunçilikda taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun mahalliy xususiy şerikka mulk huquqi asosida ötkaziladi.












