Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha sinov amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazish qishloq xo‘jaligi faoliyatining quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
- qishloq xo‘jaligi obektlarining iqtisodiy faoliyat turlari;
- mehnat resurslari va ularning demografik xususiyatlari;
- yer resurslari va ulardan foydalanish holati;
- qishloq xo‘jaligi ekinlarining maydoni;
- issiqxonalar maydoni va boshqalar.
Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.
Sinov 2022 yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy tumani hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanida amalga oshiriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
- O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- respondentlarning qishloq xo‘jaligi faoliyatiga doir ma’lumotlarini yig‘ishda foydalaniladigan savollar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish dasturi;
- O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rovnomalari ro‘yxati.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026