Surxondaryoda Afğoniston fuqarolari uçun qisqa muddatli öquv kurslari taşkil etiladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Termizdagi Afğoniston fuqarolarini öqitiş ta’lim markazida gumanitar, pedagogika va muhandislik sohalari böyiça qisqa muddatli öquv kurslarini taşkil etiş rejalaştirilmoqda. 

Qayd etilişiça, unda 345 nafar afğonistonlik bepul tahsil olişi mumkin böladi. 

Xususan:

  • hozirda markazda tahsil olayotgan afğonistonlik 145 nafar talaba, jumladan, 24 nafar xotin-qiz ta’lim jarayonini davom ettiradi;
  • 100 nafar Afğoniston fuqarosi bir yillik texnik hamda kasbiy ta’lim va tayyorgarlik dasturi doirasida öqitiladi;
  • 100 nafar Afğoniston fuqarosi qisqa muddatli kasbiy kurslarda ta’lim oladi.

Ma’lum qilinişiça, Yevropa ittifoqi mazkur taşabbus uçun 1 mln yevro ajratadi.