25 aprelga ötar keçasi Bryansk oblastida, Ukraina bilan çegaradan 110 kilometr masofada «Transneft» bazasida kuçli yonğin avj oldi. Mahalliy rasmiylar hozirça yonğin sababini ma’lum qilmagan. Kun yarmida davlat muassasalari xodimlari evakuatsiya qilingani ma’lum böldi. Aprel oyi boşida ham Belgoroddagi neftbazada portlaşlar va yonğinlar röy bergan, bu ukrainaliklarning harbiy vertolyotlari hujumi oqibatida sodir bölgani aytilgandi.
Beryansk oblastining Fokinskiy rayonida «Transneft-Drujba» AJ neft bazasi va yana bir obektda yonğin kelib çiqqan. Bu haqda dastlab RIA Novosti favqulodda xizmatlardagi manbasiga asoslanib xabar tarqatdi. Agentlik suhbatdoşining sözlariga köra, dizel yonilğisi töplangan rezervuar va atrofdagi yana bir obektdagi yonğin haqida tungi soat 02:00da xabar kelib tuşgan, hodisa oqibatida jabrlanganlar bölmagan.

«Interfaks» agentligi xabar berişiça, yonğin hajmi 10 ming kub metr bölgan rezervuarni qamrab olgan. «Rossiya 24» telekanali yonayotgan ikkinçi obekt - harbiy qismdagi dizel yonilğisi saqlangan omborxona bölganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda bir-biriga yaqin joylaşgan ikki tutun ustunini köriş mumkin.
«Ikki portlaş va tamom», degan neft baza joylaşgan köçada yaşovçi guvohlardan biri. Guvohlar neft baza atrofida vertolyotlar uçganiga guvoh bölişmaganini aytişgan.

Rossiya kuçişlatar tuzilmalariga aloqador manbalar bazaga ukrainlarning dronlari hujum qilgani haqida xabar tarqatgan. Bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.
1 aprelga ötar keçasi Belgoroddagi neftbazada ham portlaş va yonğinlar röy bergandi. Öşanda ikki ukrain harbiy vertolyoti havo hujumidan mudofaa tizimlari radarlariga tuşmaslik uçun Rossiya havo kengligiga juda pastlab uçib kirgan va bazaga zarbalar bergandi. Rossiya mudofaa vazirligi buni tan olgandi. Tergov qömitasi RF JKning «terrorçilik akti» töğrisidagi moddasi böyiça jinoiy iş oçgan.
Rossiya ukrain vertolyotlari Belgoroddagi neft bazasiga hujum qilganini aytmoqda. Asosiy ma’lumotlar



















