Moskva «maxsus amaliyotning ikkinchi fazasi» maqsadiga aniqlik kiritdi

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi Rustam Minnekayevning so‘zlariga ko‘ra, «maxsus amaliyotning ikkinchi fazasi» «bir necha kun oldin boshlangan» uning maqsadi - Donbass va Janubiy Ukraina ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish, shuningdek Qrimga quruqlik orqali yo‘lak ochilishini ta’minlash hisoblanadi.

Bungacha Rossiya hukumati amaliyotdan maqsad Donetsk va Lugansk oblastlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish ekanini aytgandi, shu vaqtgacha «Janubiy Ukraina» formulirovkasi tilga olinmagandi.

Minnekayev Ukraina janubida nazorat o‘rnatish - «rusiyzabon aholiga zulm qilish faktlari mavjud bo‘lgan» Dnestrbo‘yiga chiqish imkonini berishini ta’kidladi.

«Ukraina janubi ustidan nazorat o‘rnatish — rus tilli aholiga zulm o‘tkazilayotgan yana bir hudud bo‘lmish Dnestrbo‘yiga chiqish yo‘li bo‘ladi. Aftidan, biz hozirda butun dunyoga qarshi urishyapmiz, Ulug‘ vatan urushida bo‘lgani kabi butun Yevropa, butun dunyo bizga qarshi. Ular hech qachon Rossiyani yoqtirmagan, hozir ham shunday», degan general.

Rossiya armiyasi Ukraina sharqida zarba berish uchun hududlarni tanlamoqda

Ukraina mudofaa vazirligi vakili Aleksandr Motuzyanik Rossiya qurolli kuchlari hozirda Ukraina qurolli kuchlariga zarba berish uchun nisbatan qulay joylarni tanlamoqda.

«Rossiya armiyasi rahbariyati asosiy zarbalarni berish uchun qulay joylarni aniqlashtirish jarayonini yakunlamoqda. O‘t ochish uslublari, jangovar tuzilmalar joylashuvi, raqib harbiylarining tashilishi, shuningdek alohida yo‘nalishlarda to‘xtovsiz hujum harakatlari ham shundan darak bermoqda», degan Motuzyanik.

Jonson: Ukrainadagi urush keyingi yil oxirigacha davom etishi mumkin

Boris Jonson Dehlida Narendra Modi bilan uchrashdi / Reuters

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Hindistonga tashrifi vaqtida Ukraina arsenalini to‘ldirish maqsadida o‘z zaxiralaridagi og‘ir qurollarni jo‘natishi rejasi haqida gapirdi. U Varshava Kiyevga jo‘natayotgan T-72 tanklari evaziga, Polshaga britanlarning «Chellenjyer» rusumli tanklari yuborilishini va’da qildi.