NATO qanday taşkilot?

NATO (Şimoliy Atlantika Şartnomasi Taşkiloti) – 1949 yil 4 aprel kuni imzolangan Vaşington şartnomasi asosida 12 davlat, jumladan AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada va Fransiya tomonidan tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoq. Taşkilot taşkil etilişidan asosiy maqsad sifatida uruşdan keyingi davrda «SSSRning Yevropaga ekspansiyasi tahdidini qaytarib turiş» közda tutilgan.

NATO nizomi 14 moddadan iborat. Undagi eng muhimlaridan bölgan 5-moddada şunday deyiladi: «Taşkilotga a’zo davlatlardan biriga hujum qilinsa, bu holat NATOning boşqa a’zolariga ham agressiya qilingan, deb baholanadi va umumiy javob çoralari köriladi».

Qiziq jihati, alyansga a’zo böliş uçun SSSR ham 1954 yil rasmiy nota bilan çiqadi. Biroq Ğarbning yetakçi davlatlari hukumatlari Moskvaga işonişmaydi. Ular SSSRning birlamçi maqsadi AQŞni Yevropadan quvib çiqariş va NATOni içidan yemiriş, degan xulosaga kelişadi.

Bunga javoban 1955 yil 14 may kuni «sotsialistik lager»ga kiruvçi davlatlar: Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya demokratik respublikasi, Polşa, Ruminiya, Çexoslovakiya va SSSR NATOga qarşi ölaroq «Varşava şartnomasi taşkiloti» deb nomlangan harbiy ittifoq bitimini imzolaydi. Jami 36 yil faoliyat olib borgan mazkur taşkilot 1991 yil 1 iyul kuni tarqatib yuboriladi.

NATOning kengayişi:

Hozirda 30 davlat NATOga a’zo hisoblanadi:

  • 1949 yil – AQŞ, Belgiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Daniya, Italiya, Islandiya, Lyuksemburg, Kanada, Norvegiya, Portugaliya, Fransiya;
  • 1952 yil – Gretsiya, Turkiya;
  • 1955 yil – GFR;
  • 1982 yil – Ispaniya;
  • 1999 yil – Vengriya, Polşa, Çexiya;
  • 2004 yil – Bolgariya, Litva, Latviya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Estoniya;
  • 2009 yil – Albaniya, Xorvatiya;
  • 2017 yil – Çernogoriya;
  • 2020 yil – Şimoliy Makedoniya.

Qöşiliş uçun nomzod davlatlar: Bosniya va Gersegovina, Ukraina va Gruziya.

NATOga qanday qilib a’zo böliş mumkin?