Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi O‘zbekiston universitetida 2022/23 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.
Yangi o‘quv yilida boshqaruv fakulteti ochilib, muhandislik fakultetida yangi yo‘nalish – nano va ilg‘or materiallar muhandisligi tashkil qilinadi. Jami 300 nafar talaba qabul qilinadi.
Imtihon 21 iyul kuni Cambridge Assessment International education tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi. Imtihonlar har bir yo‘nalishlar kesimida quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi:
- Kimyo muhandisligi – matematika, kimyo
- Mexanika muhandisligi – matematika fizika
- Dasturiy ta’minot muhandisligi – matematika, fizika
- Nano va ilg‘or materiallar muhandisligi – matematika, fizika, kimyo
- Sanoat boshqaruvi – matematika, tandiqiy va mantiqiy fikrlash.
Arizalar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi. Qabul 20 iyungacha davom etadi.











