DXX, Boş prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boşqarmalari va IIB xodimlari bilan ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida yer maydonlarining noqonuniy sotilişining oldi olindi.
ÖzA xabar berişiça, Toşkent tumanida yaşovçi 40 yoşli şaxs mazkur tumandagi mahalla fuqarolar yiğinlaridan birida hokim yordamçisi lavozimida işlovçi sinfdoşi bilan kelişgan holda özganing işonçiga kirib, Toşkent şahar Olmazor tumanida joylaşgan 4 sotix yer maydonini mansabdor tanişlari orqali uning nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan. Ular öz «xizmati evaziga» 30 ming dollar talab qilişgan.
DXX va Boş prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda 40 yoşli şaxs söralgan pulni olgan vaqtida uşlangan. Şuningdek, uning körsatmasi asosida hokim yordamçisi ham qölga olingan.
Avvalroq Zangiota tumani hokimi yordamçisi pora olayotganida DXX tomonidan uşlangani xabar qilingandi.

















