Indoneziyaning Sumatra orolida noqonuniy oltin konida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 12 nafar ayol halok bo‘ldi. Bu haqda politsiya boshlig‘i Marlon Rajagukguk ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chki sodir bo‘lgan vaqtda Mandayling Natal rayonidagi noqonuniy oltin konida 14 nafar ayol ishlayotgan bo‘lgan.  

Ikki soat davom etgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida ayollarning jasadlari chiqarib olingan.  

Rajagukgukning aytishicha, ikki nafar ayol jarohatlangan, noqonuniy kon yopib qo‘yilgan.  

2019 yilda Shimoliy Sulavesi orolidagi noqonuniy oltin konida yuz bergan ko‘chki 40 nafardan ortiq insonning umriga zomin bo‘lgandi.